Qilichbek Madaliyev oshiqligini aytdi

Qilichbek Madaliyev oshiqligini aytdi
Qilichbek Madaliev oshiqligini aytdi

Xonanda Qilichbek Madalievning «Oshiqligimni ayting» deb nomlangan qo‘shig‘iga video-klip suratga olish ishlari yakunlandi.

Xonanda Qilichbek Madaliev 2016 yil 1 2-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan konsert dasturiga nomi berilgan taronaga video ketma-ketlik suratga oldirdi, deb xabar qildi \"Diydoraziz\" sayti.

Shoir Iqbol Mirzo qalamiga mansub «Oshiqligimni ayting» deb nomlangan taronaga «9999» studiyasi tomonidan video-klip suratga olindi.

Qo‘shiq musiqasi Fazliddin Rahmonovga, musiqiy sayqal esa Sobirov Bahtiyorga tegishli.

Bu xonandaning yil hisobidan ilk ijodiy ishi bo‘lib, yil davomida muxlislarga manzur bo‘lgan ko‘plab qo‘shiqlariga video-klip olishni rejalashtirgan.

Feruz Muhammad
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.