Parizoda qizlari bilan birgalikda Moskvaning qorli o'rmonlarida

Parizoda qizlari bilan birgalikda Moskvaning qorli o'rmonlarida

Go‘zal raqqosa Parizoda ayni damda oilasi bilan birga Rossiya poytaxti — Moskva shahrida sayohat qilmoqda. Qishning oppoq manzaralari fonida o‘tayotgan ushbu safar raqqosa uchun iliq xotiralarga boy bo‘layotgani seziladi.

Parizoda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida safardan ilk taassurotlarini muxlislari bilan bo‘lishdi. U qisqa, ammo kayfiyatni to‘liq aks ettiruvchi izoh qoldirdi:
“Biz Moskvani qor bilan burkangan o‘rmoniga yetib keldik”.

E’lon qilingan surat va videolarda oppoq qor, sokin o‘rmon manzaralari hamda oilaviy iliqlik uyg‘unlashib ketgani ko‘rinadi. Qishki Moskva o‘zining sokinligi va sehrli muhitini namoyon etar ekan, Parizodaning ushbu lahzalari muxlislar tomonidan iliq izohlar va yoqimli tilaklar bilan qarshi olindi.

Parizoda qizlari bilan birgalikda Moskvaning qorli o'rmonlarida

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.