Izzat Shukurovdan yangi qo‘shiq: "Ketma qol" (video)

Izzat Shukurovdan yangi qo‘shiq: "Ketma qol" (video)

Xonanda Izzat Shukurov 28 fevral kuni yangi ijod namunasini muxlislariga taqdim etdi. Uning yangi taronasi \"Ketma qol\" deb nomlanadi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shiq qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini tortdi va ijtimoiy tarmoqlar hamda videoplatformalarda qariyb 350 ming marta tomosha qilindi.

Izohlarda muxlislar qo‘shiqni yuqori baholab, uning ohangi, matni va ishlangan klip ko‘pchilikka manzur bo‘lganini qayd etmoqda. Shuningdek, tinglovchilar xonandaga keyingi ijod ishlarida omad tilab, yanada kuchli va mazmunli qo‘shiqlar kutib qolishlarini bildirishgan.

Aytilishicha, “Ketma qol” taronasi Izzat Shukurov ijodidagi so‘nggi qo‘shiqlar orasida eng tez ommalashgan ishlardan biriga aylanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.