Shahloxonim Los Anjelesda mashhur insonni uchratib qolganidan hayratda

Shahloxonim Los Anjelesda mashhur insonni uchratib qolganidan hayratda

Aktrisa Shahloxonim ayni paytda AQSHning Los Anjeles shahrida sayohat qilib yuribdi. U ijtimoiy tarmoqlarda sayohat davomidagi quvonchli lahzalarini muxlislari bilan bo‘lishib kelmoqda.

Aktrisa joylagan videolardan birida u ko‘chada ketayotgan mashhur insonni ko‘rib hayratlanganini aytadi. Videoda u \"O‘rtoqlar, qaranglar kimni ko‘rib qoldim, kimga o‘xshatdingiz?\" deya murojaat qiladi.

Keyinchalik Shahloxonim ushbu video ostida izoh qoldirib, bu shaxs amerikalik mashhur bokschi Floyd Mayweather’ning otasi Floyd Joy Mayweather ekanini yozgan.

Aktrisaning mazkur videosi muxlislar orasida qiziqish uyg‘otib, ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bilan muhokama qilinmoqda.

Shahloxonim Los Anjelesda mashhur insonni uchratib qolganidan hayratda

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.