O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovadan ota-onalarga murojaat!

O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovadan ota-onalarga murojaat!

O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ota-onalarga murojaat qilib, bolasini rus maktabiga berish oqibatlariga e’tibor qaratdi. U intervyusida shunday deydi: “Ko‘plar bolalarini rus maktablarga beradi, ko‘plar xursand bo‘ladi, lekin bitta narsani unutayapsiz — bola ruscha fikrlaydigan bo‘lib qoladi”.

Gavhar Zokirova o‘z tajribasini eslab, “Boshimdan o‘tkazganman, bu jarayon qiyin ya’ni keyin bola yana o‘z holiga qaytishi. U o‘zimizning o‘zbek adabiyotini bilmaydi, rus va jahon adabiyotini o‘rganadi”, – deya ta’kidladi.

Aktrisa, shuningdek, o‘zbek adabiyotining yuqori darajadagi asarlari haqida gapirdi va ota-onalarga eslatdi: “Bizning adabiyotimiz g‘arb adabiyotidan yuksak deb bilaman. Bola buni bilmasligi esa katta yo‘qotishdir”.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.