“Jahannam” qo‘shig‘i portladi: Yulduz Usmonovaning yangi hiti rekord o‘rnatdi (video)

Mashhur xonanda Yulduz Usmonova \"Zo‘r TV\" telekanalida o‘zining yangi “Jahannam” nomli qo‘shig‘ini premera qildi. Tarona 4 mart kuni ilk bor efirga uzatilib, qisqa fursat ichida muxlislar e’tiborini tortishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur qo‘shiq o‘zining mazmuni va ta’sirli ohangi bilan tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. “Jahannam” qisqa vaqt ichida 1 milliondan ortiq marotaba tinglanib, xonandaning navbatdagi muvaffaqiyatli loyihalaridan biriga aylandi.
Muxlislar qo‘shiqni iliq kutib olib, ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qila boshlashdi. Ko‘pchilik ushbu taronani nafaqat musiqa, balki jamiyatdagi ayrim dolzarb mavzularni yoritgani uchun ham yuqori baholadi.
Shu tariqa, “Jahannam” nafaqat yangi xit, balki muxlislar qalbiga tez yetib borgan ta’sirli ijod namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.













