Aktrisa Shahlo Hojiyeva mo‘ylovi sabab rol ijro etgan filmidan uyalishini ochiq aytdi

“Panoh” o‘zbek filmida singil obrazini gavdalantirgan aktrisa Shahlo Hojiyeva o‘smirlik davrida suratga tushgan ushbu filmni hozir tomosha qilishdan uyalishini ma’lum qildi.
Aktrisaning aytishicha, tomoshabinlar hali ham filmni eslab, unga tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq savollar berib turadi. Xususan, u o‘sha paytda mo‘ylov masalasi sabab tanqidlarga uchrayotganini ta’kidlagan.
Shahlo Hojiyeva bu holatni yoshligi va tajribasizligi bilan izohlaydi. Uning fikricha, o‘sha davrda suratga olish jarayonida bir nechta grimyorlar bo‘lganiga qaramay, bu jihatga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.

Aktrisa aynan shu sabab tufayli filmni qayta ko‘rishni istamasligini bildirib, o‘sha davr xotiralari unga noqulaylik tug‘dirishini yashirmadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













