Yulduz Usmonova insonlar shukr qilishni unutib qo‘yayotganini ochiq aytdi

Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova intervyulardan birida insonlarni hayotdagi neʼmatlarni qadrlashga chaqirdi.
Uning taʼkidlashicha, koʻpchilik bor imkoniyat va salomatlikning qadriga yetmasdan, tez-tez “charchadim” degan gapni ishlatib yuboradi.
Xonanda bu borada misol keltirib, ogʻir mehnat qilayotganlar yoki kasallik bilan kurashayotgan insonlarni eslash kerakligini aytdi.
Yulduz Usmonovaga koʻra, inson eng avvalo sogʻ-salomatligi va nafas olish imkoniyati uchun ham shukr qilishi lozim.
U shuningdek, odamlarni oʻz holatiga nisbatan minnatdor boʻlishga va hayotdagi har bir neʼmatning qadriga yetishga daʼvat qildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













