Sahnadagi rad etish: “taklif” videosi ortidagi haqiqat ochildi

Sahnadagi rad etish: “taklif” videosi ortidagi haqiqat ochildi

\"Benom\" guruhining konserti davomida kutilmagan “romantik” holat tomoshabinlar eʼtiborini tortdi. Yigit zalning oʻzida sevgilisiga taklif qilishga qaror qildi — qoʻlida atirgul guldastasi va uzuk bilan u qizning oldiga kelib, tiz choʻkdi. Barchasi klassik muhabbat lahzasini eslatardi.

Biroq voqealar kutilganidek rivojlanmadi. Qiz taklifni rad etdi, gullarni qaytarib berdi va yigitni hammaning koʻz oʻngida qoldirib ketdi. Bu holat zaldagilarni hayratga soldi.

Voqea aks etgan video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ayrimlar yigitga hamdardlik bildirgan boʻlsa, boshqalar qizning qarorini qoʻllab-quvvatladi.

Keyinchalik esa bu “drama” aslida sahnalashtirilgan degan gap-so‘zlar tarqaldi. Ushbu fikrlarga yigit izoh berdi.

Ushbu fikrlarga yigit izoh berdi. Uning aytishicha: “Ko‘pchilik buni uyushtirilgan dedi. Biz avval birga turli videolar va kontentlar suratga olganmiz. Ammo bu safar u bundan bexabar edi, chunki men o‘sha qizni chin dildan yaxshi ko‘rib qolgan edim. Benom guruhining konsertida unga turmush qurishni taklif qilishga qaror qildim. Afsuski, hammasi kutganimdek bo‘lmadi — u rad etdi.”

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.