Sardor Rahimxon va Jonibek Murodovdan intiq kutilgan premera "Do‘ston" (foto, klip)

Sardor Rahimxon va Jonibek Murodovdan intiq kutilgan premera "Do‘ston" (foto, klip)
Ikki qardosh millat o‘rtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlash maqsadida galdagi qadam tojik estradasining yorqin vakili Jonibek Murodov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxondan ijodiy tuhfa \"DO‘STON\" e’tiboringizga havola etiladi.
Sardor Rahimxon va Jonibek Murodovdan intiq kutilgan premera "Do‘ston" (foto, klip)
Yaqindagina Sardor Rahimxon do‘sti Jonibek Murodov bilan duet kuylagani haqida xabar bergan edik. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, bir yoqadan bosh chiqargan ikki ijodkorning ijod mahsuli - klip tayyor bo‘ldi. Mazkur \"Do‘ston\" nomli duet klipida ikki ijodkorning do‘stligi misolida qardosh ikki millatning uzoq yillik mustahkam munosabatlarini ko‘rish mumkin. Samimiyatga yo‘g‘rilgan ushbu qo‘shiq hech bir tinglovchini befarq qoldirmasligi ham shubhasiz.
Sardor Rahimxon va Jonibek Murodovdan intiq kutilgan premera "Do‘ston" (foto, klip)
Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, \"Do‘ston\" qo‘shig‘ining o‘zbek tilidagi talqini Sardor Rahimxon tomonidan biroz avvalroq taqdim etilgandi. Ijodkorlar “Do‘stlarim” qo‘shig‘ini tojik tilida kuylab, har ikki mamlakatdagi musiqa shinavandalarini xushnud etishni niyat qilishgan. Bu hali hammasi emas. Muxlislarini ketma-ket yangi qo‘shiqlar bilan xushnud etishni an’anaga aylantirib ulgurgan xonanda Sardor Rahimxon \"Drug\" qo‘shig‘iga Moskva shahrida suratga olinadigan klip ishlari bilan band. Klipda bosh rolni mashxur chempion Shohjahon Ergashev ijro etyapti.
Sardor Rahimxon va Jonibek Murodovdan intiq kutilgan premera "Do‘ston" (foto, klip)
Sardor Rahimxon va Jonibek Murodovdan intiq kutilgan premera "Do‘ston" (foto, klip)
Sardor Rahimxon va Jonibek Murodovdan intiq kutilgan premera "Do‘ston" (foto, klip)
FAKT:
  • Qo‘shiq she’r va musiqa muallifi: Dilshod Ahmadshoh.
  • Aranjirovka muallifi: Jasur Abdurahmonov.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.