Beg‘ubor ko‘ngil... (sevimli o‘yinchog‘ini Sardobadagi tengdoshlariga ulashgan bolakayga bag‘ishlanadi)

O‘zining sevimli o‘yinchoqlarini Sardobadagi tengdoshlariga ulashayotgan oltiariqlik bolakay shunday beg‘ubor va ko‘ngli tog‘dek ulkanki el dardini tushuna oladigan darajada. Mazkur she’r unga bag‘ishlanadi.
BЕG‘UBOR KO‘NGIL...
Beg‘ubor ko‘nglingdan aylanay sening,
Mehringdan, bo‘yingdan aylanay sening.
Bu olam juda tor deganlar mulzam,
Keng olam ko‘nglingdan aylanay sening.
Nurlar yog‘iladi izchalaringdan,
Qadr bo‘ylab turar ko‘zchalaringdan.
Sendagi muhabbat shunchalar buyuk,
Yaxshilik erkalar qo‘lchalaringda.
Simirib o‘tdingmi sardobalarni,
Hol so‘rab keldingmi diltobalarni.
Nimalar ilinding kuyunchakligim,
Kuyunchak qalbingdan aylanay sening.
Oqibat neligin bilmaganlarga,
Sahovat neligin bilmaganlarga,
Vatan deb yolg‘ondan kerilganlarga,
Dars bo‘lgan yo‘lingdan aylanay sening.
Qadr bo‘ylab turar ko‘zchalaringdan,
Yaxshilik erkalar qo‘lchalaringda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!BЕG‘UBOR KO‘NGIL...
Beg‘ubor ko‘nglingdan aylanay sening,
Mehringdan, bo‘yingdan aylanay sening.
Bu olam juda tor deganlar mulzam,
Keng olam ko‘nglingdan aylanay sening.
Nurlar yog‘iladi izchalaringdan,
Qadr bo‘ylab turar ko‘zchalaringdan.
Sendagi muhabbat shunchalar buyuk,
Yaxshilik erkalar qo‘lchalaringda.
Simirib o‘tdingmi sardobalarni,
Hol so‘rab keldingmi diltobalarni.
Nimalar ilinding kuyunchakligim,
Kuyunchak qalbingdan aylanay sening.
Oqibat neligin bilmaganlarga,
Sahovat neligin bilmaganlarga,
Vatan deb yolg‘ondan kerilganlarga,
Dars bo‘lgan yo‘lingdan aylanay sening.
Qadr bo‘ylab turar ko‘zchalaringdan,
Yaxshilik erkalar qo‘lchalaringda.
Muallif: Nargiza Kamalova
\"Oltin qalam\" Milliy
mukofoti sohibasi
\"Oltin qalam\" Milliy
mukofoti sohibasi
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













