Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashish sababini oshkor qildi

Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashish sababini oshkor qildi
Amerikalik aktrisa Anjelina Joli aktyor Bred Pitt bilan ajrashish sababi haqida gapirdi.

\"Men u bilan oilamning farovonligi uchun ajrashdim. Bu to‘g‘ri qaror edi\", dedi Joli Voguega bergan intervyusida. Aktrisa bu yerda farzandlarini nazarda tutganini aytadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ajrashish jarayonida jurnalistlar uning sukut saqlashidan foydalanishdi, bolalar esa ommaviy axborot vositalarida o‘zlari haqida yolg‘on ma’lumotlarni o‘qishdi.

Aktrisa farzandlariga doimiy ravishda \"o‘z boshlari bilan o‘ylashlari\" kerakligini eslatib keladi.
Joli va Pitt 2016 yilda ikki yillik nikohdan va deyarli o‘n yillik munosabatlardan keyin ajrashishdi. Ular orasida oltita farzand bor, ulardan uchtasi asrab olingan.

Manba: sputniknews-uz.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.