Kun videosi: Zoyir Mirzayev ijrosida «Gulzorim» ashulasi

Kun videosi: Zoyir Mirzayev ijrosida «Gulzorim» ashulasi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev yosh maqomchilar bilan «Gulzorim»ni kuylagani videosi tarqaldi.

«Xalq so‘zi» muxbiriga ko‘ra, mazkur holat Shahrisabz shahridagi sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan «Koba» karvonsaroyidagi anjumanlar zalida 15 iyun kuni sodir bo‘lgan.

Avvalroq, Zoyir Mirzayev tog‘li qishloqda tunab qolgan va u yerdagi yoshlar bilan voleybol o‘ynagan edi. Shuningdek, Mirzayevning kelin-kuyovga elektr choynak sovg‘a qilgani surati ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.