Janubiy Koreya ustozi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi

Janubiy Koreya ustozi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindan so‘ng har ikkala bosh murabbiylar matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Byun Sung Hvan fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘yin haqida
- Avvalo O‘zbekiston terma jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, undan qoniqmadim.

Koreyaning ikki bo‘limdagi o‘yini haqida
- Birinchi bo‘limda biz bosimni yaxshi ushlab turdik. Ikkinchi bo‘limda himoyachilarimiz xatolari tufayli biz gol o‘tkazib yubordik.
Natijadan qoniqmadik, lekin futbolchilarim ko‘p ishni bajarishdi. Biroq natija biz kutgandek bo‘lmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.