Xabi Alonso Vinisiusni jazolamaydi

Xabi Alonso Vinisiusni jazolamaydi

Xabi Alonso Vinisiusni jazolamaydi
Madridning \"Real\" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso \"El-Klasiko\" uchrashuvidagi hodisalar haqida o\'z fikrini bildirdi. Alonso Ispaniya La Ligasining 10-turida \"Barselona\"ga qarshi o\'yinda (2:1) braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni almashtirgan edi.

Bu qaror futbolchining noroziligiga sabab bo\'ldi. \"Vinisius jazolanmaydi.

Bu masalani yopiq deb hisoblashimiz mumkin. U hammamizdan chin dildan kechirim so\'radi va bu holatni a\'lo darajada hal qildi\", — dedi Alonso jurnalist Fabrisio Romano orqali.

25 yoshli Vinisius joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 13 o\'yin o\'tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ertaga, 1-noyabr kuni, \"Real\" La Liganing 11-turida \"Valensiya\"ni qabul qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.