Samsung Galaxy Z Fold 8 haqida ilk maʻlumotlar: Kutilgan yangilanishlar boʻlmaydi

Samsung Galaxy Z Fold 8 haqida ilk maʻlumotlar: Kutilgan yangilanishlar boʻlmaydi

Samsung kompaniyasining yangi avlod buklama flagmanlari foydalanuvchilar kutgan bir qator muhim oʻzgarishlarsiz taqdim etilishi mumkin. Taniqli insayder Ice Universe boʻlajak Samsung Galaxy Z Fold 8 smartfoni haqidagi yangi tafsilotlarni ochiqladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Uning soʻzlariga koʻra, yangi qurilma S Pen stilusini qoʻllab-quvvatlash funksiyasiga ega boʻlmaydi. Shuningdek, smartfonda ekrandagi tasvirni begona koʻzlardan himoya qiluvchi Privacy Screen texnologiyasi ham joriy etilmasligi aytilmoqda. Bu esa maxfiylikka eʻtibor beruvchi foydalanuvchilar uchun kutilmagan yangilik boʻldi.

Bundan tashqari, manbaning taʻkidlashicha, ichki displeydagi buklanish izi (skladka) avvalgi avlodga nisbatan deyarli oʻzgarmaydi. Buklama ekran konstruktsiyasida jiddiy siljish kutayotgan foydalanuvchilar uchun bu biroz hafsalani pir qilishi mumkin, ayniqsa, Xitoy brendlari buklanish izini sezilarli darajada kamaytirayotgan bir paytda.

Ice Universe avval ham iPhone X displeyidagi “chyolka”, iPhone 14 dizayni va Samsung kompaniyasining 200 megapikselli datchiklari haqida aniq maʻlumotlarni birinchilardan boʻlib taqdim etgan edi. Janubiy Koreya gigantining tadqiqot va ishlanmalar boʻlimidagi manbalar unga eksklyuziv maʻlumotlarni yetkazib turishi bilan tanilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.