O‘zbekistonda «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
«Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, qaror bilan 2023 yil 1 fevraldan:
  • QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • order qog‘oz shaklda rasmiylashtirilganida «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritiladi;
  • advokat so‘rovi shakliga qo‘yilgan talablar, shu jumladan, unga orderning ko‘chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.

«Yuridik yordam» axborot tizimi joriy etilishi munosabati bilan:
  • davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish elektron tartibda tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi;
  • advokatlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish va malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi;
  • advokatlik tuzilmalaridan statistik ma’lumotlarni an’anaviy shaklda yig‘ish bekor qilinib, ular avtomatik ravishda umumlashtiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.