Keng doiradagi uchrashuvda hujjatlar imzolandi

Keng doiradagi uchrashuvda hujjatlar imzolandi
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan va unda bir qator muhim hujjatlar imzolangan.

Xususan:
  • O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Ozarbayjon Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o‘rtasida Anglashuv Memorandumi;
  • O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan Ozarbayjon Raqamli rivojlanish va transport vazirligi o‘rtasida Anglashuv Memorandumi;
  • O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
  • Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
  • Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitim;
  • Harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimlar;
  • noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim va Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi;
  • sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi va mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
  • O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi Deklaratsiya imzolangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.