Uzbekistan Airways samolyoti dvigateldagi muammo tufayli Pulkovo aeroportiga qayta qo‘ndi

Uzbekistan Airways samolyoti dvigateldagi muammo tufayli Pulkovo aeroportiga qayta qo‘ndi
Uzbekistan Airways samolyoti dvigateldagi muammo tufayli Pulkovo aeroportiga qayta qo‘ndi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing-757 rusumli samolyoti Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi.

RIA Novosti\'ga asoslanib \"Kun.uz\" xabar berishicha, Sankt-Peterburgdan Farg‘onaga yo‘l olgan samolyotning dvigateli ishdan chiqqan.

Samolyot kapitani nosozlikni aniqlab, Pulkovo aeroportiga qaytishga qaror qildi va 9 marta aeroport ustida aylanib favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Samolyot bortida 179 kishi bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, samolyot havoga ko‘tarilganida qattiq ovoz eshitilgan.

\"Soat 16:32da samolyot aeroportga qayta qo‘ndi\", deyilgan manbada.

Samolyot yoqilg‘ini sarflab yuborish uchun qo‘nishni kutish hududida ma’lum vaqt uchib yurishiga to‘g‘ri kelgan. So‘ngra u aeroportga beshikast qo‘ngan. Yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.