Toshkent — Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi

Toshkent — Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi

Uzbekistan Airways Toshkent — Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha reyslarni amalga oshirishi haqida ma’lum qildi, deb Kursiv xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 25–29-avgust kunlari Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha aviaqatnovlar tashkil etiladi. Chiptalarni booking.uzairways.com sayti, mobil ilovalar va rasmiy filiallar orqali sotib olish mumkin.

Kompaniya, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqqani haqidagi xabarlarni rad etdi. Hozirgacha yo‘lovchi yoki xodimlarga oid ma’lumotlar oshkor qilinganiga oid birorta ham holat qayd etilmagan. Barcha tizimlar odatdagi tartibda ishlamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.