Andijonda qilichbozlik majmuasi ochildi

Andijonda qilichbozlik majmuasi ochildi
Andijonda qilichbozlik majmuasi ochildi

Andijonda yangi qilichbozlik majmuasi foydalanishga topshirildi, deb xabar qildi Gazeta.uz sayti.
Andijonda qilichbozlik majmuasi ochildi

Sport saroyi 24X42 o‘lchamdagi 8 tadan 10 tagacha qilichbozlar maxsus yo‘lakchasini o‘rnatish imkoniyatiga ega mashg‘ulotlar zali, 50 kishilik mehmonxona va trenajyor zalini o‘z ichiga oladi.
Andijonda qilichbozlik majmuasi ochildi

Sentyabrda O‘zbekiston Qilichbozlik federasiyasi rahbariyati oldiga 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari va O‘yinlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritish vazifasi topshirilgan edi.
Andijonda qilichbozlik majmuasi ochildi

Bugungi kunga qadar mamlakatda jahon standartlariga javob beradigan faqatgina bitta qilichbozlik sporti saroyi Toshkentda faoliyat ko‘rsatar edi. Olimpiada-2020 ga tayyorgarlik ko‘rish va mazkur sport turini ommalashtirish maqsadida Andijonda yana bir sport majmuasini qurishga qaror qilindi.
Andijonda qilichbozlik majmuasi ochildi

Ob’ekt qurilishi uchun shahar tanlashda viloyatning demografik o‘ziga xosligi va London Olimpiadasi ishtirokchisi Ruslan Kudaev, Jamoaviy bahslar bo‘yicha Osiyo chempionlari — Javohir Nurmatov, Abdulbosit Nasriddinov, Sanjar Sobirov, Osiyo chempionatining ikki karra kumush medali sohibi Saidbek Djeenbaev kabi sportchilarni etkazib bergan qilichbozlik maktabining mavjudligi ham inobatga olindi.
Andijonda qilichbozlik majmuasi ochildi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.