Uzbekistan Airways parvozlari Ufaga qo'na olmadi


Toshkentdan Ufa yo\'nalishida amalga oshirilgan Uzbekistan Airways HY9657/9658 reyslari zaxira aerodrom sifatida Qozonga yo\'naltirildi. Bunga Ufa aeroportida joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab bo\'ldi.
Aviakompaniya ma\'lumotiga ko\'ra, parvozlar jadvali bo\'yicha yangilangan axborot keyinchalik taqdim etiladi. Ushbu holat Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 4-noyabr kuni tunda Bashkortostonda ikki ukrain droni urib tushirilgani haqidagi bayonot bilan bir vaqtda ro\'y berdi.
Shundan so\'ng, Ufa aeroporti cheklovlar olib tashlanganidan keyin odatiy rejimda ish boshladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













