Metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

Metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

O‘zbekistondagi metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda. Energetika vazirligi xabar berishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘idagi texnik nosozlik tufayli import qilingan tabiiy gaz miqdori qisqargan.

Bu holatga qarshi choralar ko‘rilmoqda, asosan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu sababli, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan rejalarga asosan, metan “zapravkalar” faoliyatiga cheklovlar kiritilmoqda.

Hozirgi paytda, bu choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.