Oltin quymalarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Oltin quymalarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Oltin quymalarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. “Do‘stlik” chegara bojxona posti yaqinida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan T.T. to‘xtatilib, unga tegishli xo‘jalik qopi xolislar ishtirokida tekshirildi.

Qop ichidagi 3 dona temir qoplamali avtomobil ehtiyot qismlari bo‘laklarga ajratilganda, ularning ichida jami 7 kg 784 g oltin bo‘laklari yashirilgani aniqlangan.

Baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin qumalarning umumiy qiymati 12 mlrd 465 mln 795 ming so‘mni tashkil etadi. T.T. Toshkent shahridan yuborilgan oltinlarni Qirg‘izistonda qabul qiladigan shaxsga bojxona nazoratidan yashirib yetkazishi rejalanganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat bo‘yicha zarur huquqiy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda va tergov harakatlari davom etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.