Hindistonlik talabalar O‘zbekistonda o‘qishni afzal ko‘rmoqdami?

Hindistonlik talabalar O‘zbekistonda o‘qishni afzal ko‘rmoqdami?

Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan dastlabki ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2025-yil davomida O‘zbekistonga tahsil olish maqsadida jami 39 700 nafar xorijiy fuqaro kelgan. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 58,2 foizga yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Statistikaga qaraganda, talabalarning aksariyati Hindistondan bo‘lib, 17 241 nafarga yetgan. Ikkinchi o‘rinda Turkmaniston (9 349 nafar), undan keyin Tojikiston (2 904 nafar) qayd etilgan.

Shuningdek, Pokiston (1 779), Xitoy (1 428), Janubiy Koreya (917), Qirg‘iz Respublikasi (912), Misr (893), Filippin (745) va AQSh (482) fuqarolari ham O‘zbekistonda ta’lim olish uchun tanlov qilgan. Qolgan 3 011 nafar talaba esa boshqa davlatlardan kelgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.