O‘zbek ixtirochilari diabetik non mahsuloti tayyorlash usulini ishlab chiqdilar

O‘zbek ixtirochilari diabetik non mahsuloti tayyorlash usulini ishlab chiqdilar
O‘zbek ixtirochilari diabetik non mahsuloti tayyorlash usulini ishlab chiqdilar

\"Donmahsulotlari ilmiy ishlab chiqarish markazi\" mas’uliyati cheklangan jamiyat xodimlari diabetik non-bo‘lka mahsulotini tayyorlash usulini ixtiro qildilar. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Mazkur usuldan oziq-ovqat sanoati, chunonchi funksional foydalanishga mo‘ljallangan non-bo‘lka mahsulotlarini ishlab chiqarish, xususan, diabetik non-bo‘lka mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Ushbu ixtironing asosiy vazifasi oziq-ovqat tolalari va funksional qo‘shimchalar bilan boyitilgan, non sifatining organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari yaxshilangan diabetik non-bo‘lka mahsulotini ishlab chiqishdan iboratdir.

Ixtiro mualliflariga agentlik tomonidan patent topshirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.