Otabek Umarov nomidan tarqalgan videolar soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi

Otabek Umarov nomidan tarqalgan videolar soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi

Otabek Umarov nomidan tarqalayotgan videolarga rasman izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan onlayn kazinolarni targ‘ib qiluvchi video tarqalmoqda.

Qo‘mita xabar berishicha, \"Ushbu material mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Video sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan bo‘lib, tasvir va ovoz real voqelikka mos emas hamda jamoatchilikni adashtirishga qaratilgan\".

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamyurtlardan bunday asossiz va soxta axborotlarga ishonmaslikni so‘rab, mas’uliyatli qarashni tavsiya qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.