Sirdaryo chegara posti orqali Qozog‘istonga harakat tiklandi

O‘zbekiston–Qozog‘iston davlat chegarasida joylashgan Qozog‘iston Respublikasining “Atameken” chegara postida qurilish ishlari yakunlanganligi munosabati bilan, Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali yengil avtomobillar va fuqarolar harakati tiklandi.
Endilikda chegara orqali o‘tish jarayonlari yanada soddalashtirildi va fuqarolarga qulay, tezkor harakatlanish imkoniyati yaratildi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolardan chegara bojxona postida harakatlanishda belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













