Prezident qaroriga ko‘ra “10 ming qadam piyoda” loyihasi qayta ishga tushadi

Prezident qaroriga ko‘ra “10 ming qadam piyoda” loyihasi qayta ishga tushadi

2026 yil 1 maydan boshlab “10 ming qadam piyoda” loyihasi yana qayta ishga tushiriladi. Shuningdek, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi, deb Prezident qarorida belgilandi.

PҚ–110-sonli qarorga ko‘ra, platformaning — 1hls.uz faoliyati uchun har yili Mахsus jamg‘arma hisobidan 10 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Mazkur tashabbus aholining jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, dastlab 2021 yil 1 iyunida 1hls.uz platformasi ishga tushirilgan va 10 ming qadam piyoda yurgan fuqarolarga 3 ming so‘mdan mukofot berish tartibi joriy etilgan edi. Ammo ushbu loyiha Prezidentning 2022 yil 6 apreldagi farmoni bilan to‘xtatilgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.