Gulistondagi Mustaqillik ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi

Gulistondagi Mustaqillik ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi
Guliston shahridagi Mustaqillik ko‘chasi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti sharafiga Islom Karimov ko‘chasi deb qayta nomlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatiga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, bu haqdagi xalq deputatlari Guliston shahar kengashi qarori 10 mart kuni qabul qilingan. Ko‘cha shaharning «Namuna», «Sayqal» va «Shodlik» mahalla fuqarolari yig‘inlari hududidan o‘tadi.

«Mutasaddi tashkilotlarga qayta nomlangan ko‘chaning nomini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, belgilangan tartibda zamonaviy ko‘rinishda, lotin yozuvida, peshlavhalarga yozib, o‘rnatish ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilidi», — deyiladi hokimlik axborotida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.