To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi

To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Tashrif doirasida Buxoro shahrida ikki davlat o‘rtasida oliy darajadagi muhim muzokaralar o‘tkazildi.

Oliy martabali mehmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Buxoroning maʼnaviy va tarixiy meros obyektlariga tashrif buyurdi. Jumladan, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hamda qadimiy shaharning mashhur tarixiy yodgorliklari ziyorat qilindi.

To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi

Shuningdek, yetakchilar viloyat hokimligining zamonaviy situatsion markazi faoliyati bilan tanishib, sunʼiy intellekt asosida amalga oshirilayotgan loyihalar va sanoat sohasidagi yangi korxonalar ish jarayonini ko‘zdan kechirishdi.

To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi

Uchrashuv va tadbirlar yakuniga yetgach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shaxsan kuzatib qo‘ydi.

To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi

Shu tariqa, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga amaliy safar dasturi yakunlanib, u Toshkent shahriga qaytib keldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.