Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 43 darajaga ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 43 darajaga ko‘tariladi
Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 43 darajaga ko‘tariladi

Gidrometeorologiya markazining xabariga ko‘ra, dam olish kunlari respublikamizda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent shahrida havo harorati 35-40 darajaga ko‘tariladi, deb yozadi UZ24.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hamda Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 38-43 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysida esa harorat 34-39 darajaga etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.