Lex.uz saytida qonun hujjatlari lotin yozuvida ham e’lon qilinadigan bo’ldi

Lex.uz saytida qonun hujjatlari lotin yozuvida ham e’lon qilinadigan bo’ldi
2017-yil 20-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan Yuristlar malakasini oshirish markazida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashning huquqiy asoslari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda 25-sentabr sanasidan rasmiy manba sifatida tan olinadigan Lex.uz – milliy qonunchilik bazasi haqida ma’lumotlar ham berildi, deb yozmoqda Xushnudbek.uz sayti.

1. Lex.uz mutlaqo yangi va qulay dizaynda ishga tushadi;
2. Qonun hujjatlari lotin grafikasida ham e’lon qilinadi;
3. Xorijiy investorlar tomonidan eng ko’p talab etiladigan 16 ta kodeks (ya’ni barchasi) va 40 ta qonunlar ingliz tili versiyasida e’lon qilinadi;
4. Bundan buyon yangi qabul qilingan normativ hujjatlar 1 kun muddatda Lex.uz saytida Pdf formatida joylashtiriladi. Bugungi holat qanday edi? Lex.uz saytida har haftaning dushanba kuni Qonun hujjatlari to’plami e’lon qilinar, masalan, haftaning seshanba kunida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat faqatgina kelasi haftaning dushanba kuniga kelibgina e’lon qilinardi xolos;
5. Normativ-huquqiy hujjatlarga kirgan o’zgarishlar 3 kun ichida Lex.uz saytida aks etadi.
Lex.uz сайтида қонун ҳужжатлари лотин ёзувида ҳам эълон қилинадиган бўлди
Lex.uz saytida qonun hujjatlari lotin yozuvida ham e’lon qilinadigan bo’ldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.