Toshkentda «uy olib beraman» deb 35 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan firibgar ushlandi

Toshkentda «uy olib beraman» deb 35 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan firibgar ushlandi
Toshkent shahri, Yashnobod tuman IIBga uy uchun bergan katta miqdordagi pulini qaytarib ololmayotgan jabrdiyda murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yil aprel oyida Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1963 yilda tug‘ilgan A.Rasulov Z.Dastxodjayevaning xonadonida unga uy olib berishini aytib, ishonchiga kirib, 35 ming dollar pulini oladi. Biroq va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Ko‘rilgan choralar natijasida A.Rasulov qo‘lga olindi.

Manba: Daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.