Diqqat! O‘zbekistonga juda ham issiq bo‘lgan ob-havo kelishi kutilmoqda

Diqqat! O‘zbekistonga juda ham issiq bo‘lgan ob-havo kelishi kutilmoqda
O‘zbekistonga Eron va Turkmaniston tomonidan o‘ta issiq ob-havo oqimi yaqinlashmoqda, deb xabar qildi “Sof” nashri.

\"7-10 iyul kunlari Respublika hududida g‘ayritabiiy issiq ob-havo kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha havo haroratidan 5 - 7 daraja issiq bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo 44-45 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Garmsil shamoli bo‘lishi mumkin.

Issiq harorat tufayli Tojikiston va Qirg‘iziston respublikasiga yaqin bo‘lgan tog‘li hududlarda sel oqimi kelish ehtimoli bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.