Eron prezidenti avgust oyida O‘zbekistonga kelishi kutilyapti

Eron prezidenti avgust oyida O‘zbekistonga kelishi kutilyapti
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 2018 yil avgust oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Eron axborot agentligiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Mehr News Agency’ning ta’kidlashicha, Eron prezidenti katta iqtisodiy delegatsiyaga rahbarlik qiladi.

Tashrif doirasida Hasan Ruhoniy O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.