O‘zbekistonda yana bir xorijiy institut ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekistonda yana bir xorijiy institut ro‘yxatdan o‘tkazildi
Adliya vazirligi Yevropa ta’lim institutining O‘zbekistondagi filialini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

“Yevropa ta’lim instituti - YeTI” notijorat birlashmasining bosh ofisi Bolgariya Respublikasi Adliya vazirligining Qaydlar bo‘yicha agentligi tomonidan 2018 yil 7 martda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Bolgariya fuqarosi Toshko Angelov Yevropa ta’lim instituti va tashkilotning O‘zbekistondagi filiali rahbari hisoblanadi.

Ustavga ko‘ra, Institut faoliyatining asosiy maqsadi – ta’lim, faol fuqarolik, sport, ijtimoiy siyosat sohalarida fuqarolarning hududiy, milliy va transchegaraviy darajalarda moslashuvi, rivojlanishi va kasbiy o‘zini ro‘yobga chiqarishi bo‘yicha milliy va Yevropa qadriyatlari hamda innovatsiyalarini ilgari surish hisoblanadi.

O‘z navbatida, Yevropa ta’lim institutining O‘zbekistondagi filiali ustavida ta’lim, aholining ijtimoiy faolligi va boshqa sohalar bo‘yicha o‘zbek va Yevropa qadriyatlari, innovatsiyalarini ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy tayyorgarligini oshirish vazifalari belgilangan.
O‘zbekistonda yana bir xorijiy institut ro‘yxatdan o‘tkazildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.