O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

31 mart, seshanba kuni, Kaspiy dengizi janubi-g‘arbiy qismi ustidagi janubiy siklon O‘zbekiston hududiga siljib, bulutlilik ortadi va respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
1 aprel, chorshanba kuni, Kavkazdan sovuq antisiklon kirishi bilan mamlakat hududining katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzi harorat pasayib, 13-18 daraja iliqni tashkil qiladi.
2 aprel, payshanba kuni, tunda va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo nobarqaror bo‘lib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi harorat 5-10 daraja bo‘ladi, kunduzi biroz ko‘tarilib, 15-20 darajani tashkil qiladi.
3 aprel, juma kuni, respublikaning katta qismida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy tumanlarda, Qozog‘iston hududidan sovuq havo oqimi kirishi natijasida ayrim joylarda, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat mamlakatning katta qismida kechasi 7-12 daraja bo‘ladi, kunduzi 20-25 darajagacha ko‘tariladi, shimolda yomg‘ir yog‘ib, harorat 15-20 darajani tashkil qiladi.
4 aprel, shanba kuni, ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat avvalgidek saqlanib, shu kun uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan biroz yuqori bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!1 aprel, chorshanba kuni, Kavkazdan sovuq antisiklon kirishi bilan mamlakat hududining katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzi harorat pasayib, 13-18 daraja iliqni tashkil qiladi.
2 aprel, payshanba kuni, tunda va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo nobarqaror bo‘lib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi harorat 5-10 daraja bo‘ladi, kunduzi biroz ko‘tarilib, 15-20 darajani tashkil qiladi.
3 aprel, juma kuni, respublikaning katta qismida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy tumanlarda, Qozog‘iston hududidan sovuq havo oqimi kirishi natijasida ayrim joylarda, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat mamlakatning katta qismida kechasi 7-12 daraja bo‘ladi, kunduzi 20-25 darajagacha ko‘tariladi, shimolda yomg‘ir yog‘ib, harorat 15-20 darajani tashkil qiladi.
4 aprel, shanba kuni, ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat avvalgidek saqlanib, shu kun uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan biroz yuqori bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













