«O‘zgidromet» qishning oxirgi oyi qanday ob-havo bilan o‘tishini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» qishning oxirgi oyi qanday ob-havo bilan o‘tishini ma’lum qildi
«O‘zgidromet» 2022 yilning fevrali qanday ob-havo bilan o‘tishini ma’lum qildi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu oy nisbatan iliq ob-havo bilan boshlandi. Oyning birinchi 10 kunligida kechalari harorat 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat 6-8 daraja iliqdan 12-14 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

5 fevralda shimolda, 6 fevralda O‘zbekistonning qolgan hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda birinchi 10 kunlikning eng oxirida ham biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Keyinchalik Jahon prognostik markazlarining hisob-kitoblariga asoslangan holda, «O‘zgidromet»ning dastlabki bahosiga ko‘ra, havo harorati kechalari 0-5 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Hududlarning katta qismida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.