O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi

O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi
O‘tgan yilning o‘zida 39 mingdan oshiq xotin-qiz zo‘ravonlikka uchragan. Shu sabab Senatda xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish yo‘nalishida ishlovchi ishchi guruh tuzildi.

Oliy Majlis Senatida xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi. Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda mutasaddi tashkilotlardan tashqari jamoatchilik faollari ham qatnashdi.
O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi
Majlisda xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik va shilqimlik holatlari hali ham uchrab turgani, ularning huquqlarini himoya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Raqamlarga ko‘ra, 2021 yilda respublika bo‘yicha jami 39 343 nafar xotin-qiz tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan. Ularning 87,2 foizi (34 330) oilada, 9 foizi (3 557) ko‘chada, 2,3 foizi (917) jamoat joylarida, 1,1 foizi (427) ish joyida ro‘y bergan.
O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi
Bundan tashqari, 9861 nafar yoshlar va 378 nafar voyaga yetmaganlar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan.

Ushbu muammolar bilan ishlash maqsadida Senatda Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan nomaqbul harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalarini o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruh tuzildi.
O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi
Ishchi guruhga huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifalari yuklatildi. Bu vazifalar keyinchalik mamlakat parlamenti tomonidan ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi
Bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarga nodavlat notijorat tashkilotlar va mustaqil ekspertlar ham hamkorlikka taklif etiladi. Ular senat14@exat.uz, qonunchilik@senat.go.uz manzillariga murojaat qilishlari mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.