date

O'zbekiston qonun ustuvorligi reytingida ko'tarildi


O'zbekiston World Justice Project tomonidan e'lon qilingan qonun ustuvorligi global reytingida ikki pog'ona yuqorilab, 81-o'rinni egalladi. Mintaqaviy darajada birinchi o'rinda Qozog'iston (66-o'rin) bo'lib, u o'tgan yilga nisbatan bir pog'ona pastga tushgan.

Qirg'iziston esa 104-o'ringa tushib ketgan. Umumiy reytingda Daniya yetakchilikni saqlab qolgan, undan keyingi o'rinlarda Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya joylashgan.

O'zbekiston, shuningdek, yil davomida qonun sohasida eng katta yutuqqa erishgan davlatlar orasida tilga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekiston qonun ustuvorligi reytingida ko'tarildi