date

Broun universitetida halok bo'lgan o'zbek talabasi uchun $229 ming yig'ildi

Broun universitetida halok bo'lgan o'zbek talabasi uchun $229 ming yig'ildi

Broun universitetida otishma oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov oilasi uchun mablag‘ yig‘ish tadbiri tashkil etildi. Hozirgi kunga kelib, 5 mingdan ortiq xayriya orqali $229 ming mablag‘ yig‘ilgan, umumiy maqsad esa $260 mingni tashkil etadi.

Eng yirik xayr-ehsonni Uilyam Akman amalga oshirgan va bu miqdor $18 mingni tashkil etdi. Hodisa 14 dekabr kuni universitetning muhandislik fakultetida imtihon vaqtida sodir bo‘lgan.

Otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, to‘qqiz kishi jarohatlangan. Keyinchalik gumonlanuvchi Benjamin Erikson universitet hududida qo‘lga olingan.

AQSH prezidenti Donald Tramp hodisani "dahshatli voqea" deb atab, jabrlanganlar uchun duo qilishga chaqirdi. 1764-yilda tashkil etilgan Broun universiteti AQSHning eng qadimiy va nufuzli xususiy oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, Ivy League tarkibiga kiradi va Rod-Aylend shtatining Providens shahrida joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Broun universitetida halok bo'lgan o'zbek talabasi uchun $229 ming yig'ildi