“Qonli yomg‘ir”: Erondagi orolda noyob hodisa kuzatildi

“Qonli yomg‘ir”: Erondagi orolda noyob hodisa kuzatildi
Qisqacha

16 dekabr kuni Eronning Hormuz orolida kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida sohil va sayoz dengiz suvi qizil tusga kirdi. Yomg'ir suvlari temir oksidiga boy “golak” tuprog'ini yonbag'irlardan yuvib, qum va dengizga tarqatgan. Mutaxassislar hodisa orolning noyob geologiyasi bilan bog'liqligini, unda biologik yoki xavfli omil yo'qligini ta'kidladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va suratlar minglab foydalanuvchilar e'tiborini tortdi.

Eronning Hormuz bo‘g‘ozida joylashgan Hormuz orolida noyob tabiiy hodisa kuzatildi. 16 dekabr kuni yoqqan kuchli yomg‘ir orol sohili va sayoz dengiz suvini qizil tusga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Mahalliy aholi “Qizil plyaj” deb ataydigan hududda yomg‘ir suvlari temirga boy mineral tuproqlarni yonbag‘irlardan pastga oqizib, dengizga qo‘shgan. Natijada qum ham, suv ham yorqin qirmizi rangga bo‘yalib, tom ma’noda fantastik manzara yuzaga kelgan. Bu holat aks etgan video va suratlar Instagram va boshqa platformalarda tez tarqalib, minglab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.

Mutaxassislarga ko‘ra, bu hodisa orolning noyob geologiyasi bilan bog‘liq. Hormuz oroli temir oksidiga boy “golak” deb ataluvchi qizil tuprog‘i bilan mashhur. Kuchli yomg‘ir paytida ushbu minerallar suv bilan yuvilib, sohil va dengizga tarqaladi. Shu sababli ba’zi manbalarda u “qonli yomg‘ir” deb nomlansa-da, voqeada hech qanday biologik yoki xavfli omil yo‘q.

Kamalak oroli” nomi bilan ham tanilgan Hormuz yil davomida rang-barang tuproqlari, qiyali sohillari va tarixiy yodgorliklari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Qizil plyaj esa yomg‘irli kunlarda yanada sirli va jozibali qiyofa kasb etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar