
Chorshanba, 29-oktabr kuni O'zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati +20…+25° atrofida bo'lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O'zgidromet. Farg'ona vodiysida ertalabki soatlarda yog'ingarchilik kuzatiladi.
Mamlakat hududlarida shamol tezligi 12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Toshkentda yog'ingarchilik kutilmaydi, +20…22° haroratda mo''tadil shamol esishi prognoz qilinmoqda.
Tog'li hududlarda harorat +10…+15° oralig'ida bo'lib, yomg'ir yog'ishi ehtimoli bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar