Boka Xuniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentina futboli giganti «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga yangi nomni e’lon qildi — bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti, «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi aytilmoqda va endi Delgado hamda Rikelme ushbu yo‘nalishda aniq qarorlar ustida ishlashi kutilmoqda.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, Delgado 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — u bu natijani «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!