Slutskiy boshqaruvidagi Shanhay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy murabbiylik qilayotgan «Shanhay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda «Sanfrechche Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan g‘alabani ta’minladi. Bu natija «Shanhay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onada joylashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing