date

The Athletic tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingini e'lon qildi

The Athletic tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingini e'lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi ro'yxati keng tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning top-10 taligi quyidagicha ko'rinish oldi: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash, Mishel Platini.

Bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani tabiiy. Reddit'dagi muhokamalarda futbol ishqibozlari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'rin bilan cheklangani borasida norozilik bildirdi.

Qayd etilishicha, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingini e'lon qildi