Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning mahalliy “Andijon” futbol klubi haqidagi gaplari aks-sado bera boshladi.
Hokimning ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “nutqi”da futbol klubi natijalaridan qattiq norozi ekanini ilgʻash qiyish emas: «14-oʻrinda... Menga alam qilmaydimi? 17 milliard soʻmga stadion qilib bersam, oyma-oy oyligini bersam... Eng kami 10 million oylik olishadi... Qoʻliga pul bersamu, yutqazib kelaversa. Nega ularga pul berishim kerak? Alam qilmaydimi? Eng yomoni – bu 100 foiz homiylik bilan boʻladigan narsa. Homiylar ham komanda yaxshi boʻlsa homiylik qiladi-da... 14-oʻrinda boʻlsa, yutqazib kelaversa, homiylarga bu yoqadimi? Menga shu alam qildi. Oxiri gaplashmay qoʻydim, kerak emas menga bunday futbol... Yaqinda yuragim achishib, baribir yana pul berdim. Shundan keyin 2-3 oʻyinda 10-oʻringa chiqib olishdi. Agar yutib kelsang, har oʻyinda oladigan oyligingdan tashqari 100 million soʻm mukofot beraman deyapman. “Metallurg”ni yutib kelganida 100 million soʻmni qopi bilan olib kelib berdim. “Navbahor”ga qarshi oʻyindan oldin muovinim orqali 280 million soʻm berib yubordim. Telefonda kuch-quvvat tiladim, agar “Navbahor”ni yutsang yana 100 million soʻm beraman dedim. 0:1 hisobida yutqazib qoʻyishdi...»
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev hokimning bu gaplariga quyidagicha munosabat bildirdi: «...Qachonki, hokim stadionni 17 milliardga taʼmirlattirganini, klubga pul berayotganini aytsa, bu, uning viloyat byudjetini xuddi oʻzinikidek taqsimlayotganini anglatadi. Qachonki hokim, muovini orqali klubga yuz million naqd berib yuborganini, keyin yana 280 million naqd pul tarqatganini aytsa, kerakli idoralar qiziqishi kerak — bu naqd pullar qayerdan keldi va ularning soligʻi toʻlanganmi?
Qachonki, hokim, soʻnggi oʻrinda borayotgan klubga pul berishga majbur emasligini aytsa, u haq. Shaxsan unda bunday majburiyat yoʻq. Oʻsha klub taʼsischilari va homiylarida bor bunday majburiyat, u ham joriy shartnomalar va kelishuvlar asosida.
Agar taʼsischilar klubga qilingan harajatlar oʻzini oqlamayapti, deb hisoblashsa, ular klubni yopadilar yoki undan qutuladilar. Masalan, Roman Abramovich yoki Shayx Mansur oʻz klublariga xaddan tashqari koʻp pul ketayotganidan shikoyat qilishlarini tasavvur qila olmayman. Alisher Usmonovga “Arsenal” klubi boshqaruvidagi baʼzi qarorlar yoqmadi, natijada oʻziga tegishli 30 foizlik aksiyani sotib yubordi. Eʼtibor bering, tilga olingan bu insonlar, rostan ham, “men klubga pul beryapman”, deyishga haqqi boʻlgan odamlardir...» “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin