date

Real Chelsi yulduzini qoʻldan chiqarganidan afsusda

Real Chelsi yulduzini qoʻldan chiqarganidan afsusda
18 yoshli Estevao Villian "Chelsi" safida birinchi mavsumidayoq yorqin oʻyin koʻrsatmoqda. London klubi bu isteʼdodli futbolchini koʻplab yevropalik grand klublar bilan boʻlgan kurashda qoʻlga kiritdi.

ESPN xabariga koʻra, Madridning "Real" klubi bu umidli braziliyalik futbolchini Angliyaga oʻtishga rozi boʻlmasidan oldin oʻz tarkibiga qoʻshish uchun kurashmaganidan afsusda. "Qirollik klubi" vakillari bu qanot hujumchisini kuzatib borgan, biroq uni sotib olish uchun kurashishga qaror qilishmagan.

Endilikda bu qaror klub ichida jiddiy xato sifatida baholanmoqda. Eslatib oʻtamiz, "Chelsi" Estevaoni Braziliyaning "Palmeyras" klubidan sotib olgan.

Avvalroq "Real" ham aynan shu klubdan Endrikni sotib olgan edi. Biroq Endrik Braziliyada hayratlanarli oʻyin koʻrsatgan boʻlsa-da, Madridda hali oʻzini namoyon eta olgani yoʻq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Chelsi yulduzini qoʻldan chiqarganidan afsusda