
Toshkent va markaziy hududlarda 19-noyabr kuni havo o'zgaruvchan bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. «O'zgidromet» xabariga ko'ra, poytaxt va Samarqand viloyatida harorat +16 dan +18 darajagacha ko'tariladi.
Janubiy hududlarda — Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat +21 darajagacha yetishi kutilmoqda. G'arbiy hududlarda (Qoraqalpog'iston, Xorazm) biroz salqinroq, bu yerda kunduzi harorat +17 darajagacha bo'ladi.
Farg'ona vodiysida harorat +20 darajagacha ko'tarilishi, sharqiy shamol tezligi esa sekundiga 10 metrgacha bo'lishi mumkin. Tog'li hududlarda esa kunduzi havo +8 dan +13 darajagacha isib, ayrim joylarda yomg'ir va qor yog'ishi ehtimoli bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.